Tovarni almashtirish va qaytarish shartlari

! Iste’molchining tovarni almashtirish yoki qaytarish bo‘yicha talabi, agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog‘i bilan qaytarilgan bo‘lsa, uning iste’mol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olinganligini tasdiqlovchi asoslar bo‘lsa, qanoatlantirilishiga e’tiboringizni qaratamiz (IHHQT O‘R qonuni 18-modda).

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan almashtirilishi va qaytarilishi mumkin bo‘lmagan zarur sifatdagi tovarlar bilan bu yerda tanishish mumkin.

Tovarni qaytarish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • xaridor o`zining shaxsiy kabinetida qaytarayotgan tovarida aynan qanday nuqson borligi to`g`risida aniq ma`lumotlarni tovarni qaytarish yoki almashtirish formasiga to`liq kiritishi kerak.
  • ariza formasining barcha maydonlari to‘liq to‘ldirilishi shart. Agar ariza formasininig barcha maydonlari to‘liq to‘ldirilmagan yoki qisman to‘ldirilgan bo‘lsa sotuvchi arizani qabul qilmaslikka haqli.
  • ariza formasini to‘ldirayotganda xaridor, olgan tovarining qadog‘i shikastlanmagani va sotuvchi tomonidan berilgan barcha cheklar joyida ekaniga ishonch hosil qilishi kerak.
  • ariza qabul qilinganidan so`ng, tovar nuqsoni kelib chiqishi sabablarini aniqlash uchun muayyan turdagi Tovarlarning texnik tekshiruvini o`tkazish vakolatiga ega servis xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha texnik xizmatga Ttvar tekshiruv uchun yuboriladi.
  • vakolatli servis xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha texnik xizmatining tekshiruv natijalari bo`yicha tovar nuqsonlarining sabablari to`g`risida xulosa tuziladi.
  • agar kafolat muddatti davrida tovar nuqsonlari zavod braki (nuqsoniga) bo`lgan bo`lsa, tovar boshqasiga almashtiriladi, agarda nuqsonlarni texnik bartaraf etish imkoni bo`lsa, tovar nuqsonlari bepul bartaraf etiladi.

Xaridorga nuqsonli tovar sotilgan va ushbu kamchiliklar kafolat muddati yoki yaroqlilik muddati amal qilishi davrida aniqlansa, xaridor quyidagilarni talab qilishga haqli:

  • tovar nuqsonlarining bepul bartaraf etilishini yoki iste`molchi yoki uchinchi shaxs tomonidan tuzatish uchun sarflangan xarajatlarni qoplanishini.
  • sotib olish narxining mutanosib ravishda kamaytirilishini.

Nuqsonli tovarlarni almashtirish tartibi:

  • 7 kun davomida (tovarda aniq zavod braki bo`lsa).
  • 20 kun davomida (qo`shimcha tekshiruv zarur bo`lsa).
  • 1 oy davomida (o`xshash marka mahsuloti mavjud bo`lmasa).
  • 2 oy davomida (uzoq hududlarga yetkazib berish kerak bo`lsa).

Tovar nuqsonlarini bartaraf etish tartibi:

  • 20 kun davomida (servis xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha texnik xizmat tomonidan to`liq tekshirilgandan so`ng).

Shikoyatlar tovarning kafolat muddati tugaganidan so`ng xizmat muddati davomida ishlab chiqaruvchiga da`vo qilinadi.

Agar Sizda yana savollar bo‘lsa iltimos biz bilan quyidagi raqam orqali bog‘laning: +998 93 100 68 84

{{--