Nega aynan muddatli to`lovga?
Bugun hayotimizni yangi texnika va texnologiyalarsiz tasavvur qilish juda ham qiyin. Yangi chiqayotgan gadjetlar va buyumlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Kerakli buyumlarni xarid qilish uchun hoxish bor, narxlar esa “chaqaman” deb turganda, bu muammoga yechim qidiramiz. AppleMan ushbu muammoga har tomonlama qulay bo`lgan yechim taklif qiladi. Muddatli to`lov!
Muddatli to`lovning boshqa qarz turlaridan ustun va qulay tomonlari bir qancha.
- avvalo birodarlarimizga muddatli to`lovga mahsulot xarid qilishga shariatda ruxsat berilgan;
- muddatli to`lovga olingan tovar narxi belgilangan davr mobaynida o`zgarishsiz qolaveradi;
- muddatli to`lovda mijoz o`z vaqtida to`lay olmagan kunlariga ustama qo`shilmaydi (biroq, o`z vaqtida qaytarilmagan qarz mijozning qarzdorlik tarixini buzishi mumkin, bu esa keyinchalik aynan shu mijozga qarz berish imkoniyatini kamaytiradi);
- aynan biz orqali muddatli to`lovga tovar xarid qilishingiz uchun ortiqcha qog`ozbozlikning keragi yo`q;
- maxsulotlarni muddatli to`lovga rasmiylashtirish uchun ro`yxatdan o`tish real vaqt rejimida, o`tirgan joyingizda va eng asosiysi sanoqli daqiqalarda amalga oshirish imkoniyatini beradi;
- eng muhimi bizning faoliyatimiz shariat qoidalariga mos ekanligi borasida O`zbekiston Respublikasi Musulmonlar Idorasining fatvosi mavjud.
Bir so`z bilan aytganda muddatli to`lov ko`pdan buyon orzuingiz bo`lgan mahsulotni uzoq muddatga, oldindan to`lovlarsiz shu ondayoq olib ketish imkoniyatini beradi.